YALTIRBOSH
YALTIRBOSH, cho’chqayoli — g’alladoshlarga mansub kuzgi bir yillik begona o’t turi. O’rta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz va G’arbiy Sibirda keng tarqalgan. Poyasi tuksiz, bo’yi 15— 40 santimetr, barglari qalami tukli. Boshchasi yirik (23 santimetr), 5-10 gulli, to’q olovrang, mevasi uchi qirrali, mayda don. Urug’i 5 santimetr chuqurlikdan qiyg’os unib chiqadi (12 santimetrdan chuqur bo’lganda unmaydi). Yaltirbosh faqat urugidan ko’payadi. Bir o’simlik 2 minggacha urug’ beradi. Urug’i kuzda unib chiqib, qishlaydi, erta bahorda esa maysasining rivojlanishi davom etadi. Kurash choralari: urug’likni saralash, treflan, kotoran va boshqalar gerbipidlarni qo’llash.