YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI
YAHUDIYLAR MUXTOR VILOYATI — Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk o’lkasining Janubi g’arbidagi Muxtor viloyat. 1934 yil 7 mayda tashkil etilgan. Amur daryosi bo’yida. Janubiyda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 36 ming kilometr kvadrat. Aholisi 190,9 ming kishi (2002), yahudiy, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 67,3%. Muxtor viloyat 5 tumanga bo’lingan, 2 shahar va 12 shaharcha bor. Markazi — Birobijan shahri Boshqa yirik shahri — Obluche. Yahudiylar muxtor viloyati shimol va shimoliy g’arbini Kichik Xingan, sutar, Pompey, Shchuki-Poktoy tog’ tizmalari, Bureya tizmasining tarmoqlari egallagan. Janubiy sharqi pasttekislikdan iborat. Iqlimi mo’tadil, mussonli iqlim. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -21° dan — 26° gacha. Iyulning o’rtacha temperaturasi 18°2G. Yillik yog’in 500-800 millimetr. Vegetatsiya davri tekisliklarda 170-175 kun, tog’larda 155-165 kun. Yirik daryolari — Amur va uning Bira, Bijan va Tunguska irmoklari. Tog’larda, asosan, qo’ng’ir tog’ o’rmon, O’rta Amur pasttekisligida o’tloqibotqoq, o’tloqigleyli va allyuvial, tepaliklarda qo’ng’iro’rmon tuproqlar. Hududining 36% o’rmon. Mo’ynali hayvonlardan tiyin, sobol, kolonok, enotsimon it, norka, Qunduz; tuyoqlilardan Los, qobon yashaydi. Kichik Xinganda yo’lbars uchraydi. Baliqlardan cho’rtan, laqqabaliq, sazan, Amur, do’ngpeshona va boshqalar bor. Muxtor viloyat hududida “Bastak” tabiat qo’riqxonasi joylashgan. Yahudiylar muxtor viloyati hududini o’zlashtirish 17-asrning 40-yillaridan boshlangan, aholi 19-asrning o’rtalaridan qo’plab ko’chib borgan. 1928 yil 28 martda sobiq SSSR MIK Prezidiumi yahudiy millatiga mansub bo’lgan fuqarolarni Birobijan shahri atroflariga qo’chirish haqida qaror qabul qildi. 1930 yilda uzoq Sharq o’lkasida tarkibida Birobijan milliy rayoni, 1934 yil 7 mayda Yahudiylar muxtor viloyati (markazi Birobijan posyolkasida) tashkil etildi va bu yerga SSSR hududidagi yahudiy millatita mansub fuqarolar ko’chirila boshladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik (g’alla va sholi o’rish mashinalari va ularning ehtiyot qismlari, transformatorlar, chorvachilik sohasi uchun jihozlar), qurilish materiallari (tsement, g’isht, ohak, yig’ma temirbeton mahsulotlari, tilingan binokorlik yog’ochlari), yog’ochsozlik (shu jumladan, mebel sanoati), yengil (poyabzal, trikotaj, to’qimachilik-tikuvchilik, paypoq buyumlari ishlab chiqarish) sanoatlari mavjud, qalay qazib olinadi. Barcha yirik korxonalar 2-jahon urushidan keyingi yillarda qurilgan. Asosiy sanoat markazi — Birobijan shahri Teploozersk, Priamurskiy, Xingansk, Londoko shaharchalari bor. Yahudiylar muxtor viloyati — Xabarovsk shahri va qisman o’lkaning Markaziy hamda shimoliy rayonlarining sabzavotkartoshka va sutgo’sht yetkazib beradigan bazasi. Shuningdek, soya, don yetishtirish va asalarichilikka ixtisoslashgan. Chorvachiligi, asosan, sutgo’sht yo’nalishida. Qoramol, cho’chqa, parranda boqiladi. Pedagogika instituti, 2 muzey, 3 teatr bor. Sanatoriykurort va dam olish muassasalari (shu jumladan, “kuldur” kurorti) mavjud. Temir yo’l uzunligi 312 kilometr, Amur daryosida kema qatnaydigan suv yo’lining uzunligi 500 kilometr, qattiq qoplamali avtomobil yo’llar uzunligi 1609 kilometr. “Jyoltiy Yar” aeroporti faoliyat ko’rsatadi.