YAROSLAV MUDRIY

YAROSLAV MUDRIY, Yaroslav dono (taxminan 978-1054) — Kiyevning ulug’ knyazi (1019). Vladimir I ning o’g’li. Svyatopolk I ni quvib yuborib, birodari Mstislav bilan kurash olib borib, davlatni bo’lishib olgan (1026), 1036 yil davlatni qayta birlashtirgan. Bir qancha g’alabalardan so’ng Rusning Janubiy va g’arbiy chegaralari xavfsizligini ta’minlagan. Yevropaning ko’pgina mamlakatlari bilan sulolaviy aloqalar o’rnatgan. Uning davrida qadimiy rus huquqi majmuasi — rus haqiqati (russkaya Pravda) yaratilgan.