TUSH

TUSH, tush payti, choshgoh — Quyosh markazining yuqori kulminatsiya momenti (Quyoshning sutkalik harakatida uning gorizontdan maksimal balandlikka erishgan) payti; bu vaqtda osmon meridian tekisligi bilan matematik u tekisligi kesishadi. Bu paytda yerdagi jismlar soyasi tush chizig’i bo’ylab yo’naladi va eng qisqa bo’ladi. Bu hodisa tush payti boshlanganini bildiradi.