ISTBORN
ISTBORN — Buyuk Britaniyadagi shahar. LaMansh bo’g’ozi sohilida. Sharqiy Susseks grafligida. Aholisi 85 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Ish bilan band aholining 3/5 qismi maishiy xizmat ko’rsatish sohasida mehnat qiladi. Dengiz bo’yidagi kurort shahar. Iqlimi nam va iliq. Qishi qisqa, yumshoq, yozi salqin; yanvarning o’rtacha temperaturasi 5°, iyulniki 16°. Yiliga o’rtacha 700 millimetr yog’in yog’adi. Badiiy galereya bor. Turizm rivojlangan. Turli konferentsiyalar o’tkaziladigan joy.