IBROHIM QIZIQ TESHABOYEV

IBROHIM QIZIQ TESHABOYEV (1899 -Andijon — 1985) — o’zbek xalq qiziqchisi. 9 yoshidan otasi — Tesha qo’g’irchoqboz yonida, 10 yoshidan Komil simdor to’dasida qiziqchi. Keyinroq rus qiziqchi-masxarabozlari bilan “shayton”, “Asalari”, “o’lik sotdi” tomoshalarini ko’rsatgan. F. Yupatov (1923— 26), “Sharq” (Namangan, 1926-28) dirklarida, turg’un dorboz va Orif garmon Toshmatov to’dalarida (1928— 42), O’zbek davlat dirkida (1942-47) qiziqchilik qilgan. 1947 yildan Andijondagi Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i qoshidagi ansamblda shogirdi G’. Yunusov bilan tomoshalar ko’rsatgan, ashulachilarga muqallid qilgan. Askiya janri bo’yicha o’tkazilgan ko’riklarda qatnashgan. “Oshxona”, “bozordagi sartarosh”, “Dangasalar”, “to’y”, “bemaza ashulachi” kabi kulgihikoyalar yaratgan. Qadimgi qiziqchilik tomoshalari (“bola o’qitish”, “yurak og’rig’i” kabi) ni tiklashda san’atshunoslarga yordam bergan. Ad.: Qodirov M., Masxaraboz va qiziqchilar san’ati, T., 1971.