IBROHIMOV ABDURASHID

IBROHIMOV ABDURASHID (Gabde – Rashit) (1857, Tobolsk gubernyasi, Toro uezdi — 1944, Yaponiya) —tatar ma’rifatparvari, ulamo. Qozondagi Qashqar mahalla madrasasida o’qigan. Istanbulda dunyoviy ilm olgan (1877). Yurtiga qaytgach, maktab va madrasalarni isloh qilish g’oyalarini targ’ib qilgan. Goro shahri Imom va mudarrisi (1885-92), Orenburg musulmonlari diniy boshqarmasi qozisi (1892-95). Marjoniy, Rizouddin Faxriddin, Qayum Nosiriy kabi ilg’or tatar ma’rifatparvarlari bilan hamkorlik qilgan. Istanbo’lga borib, “Cho’lpon” (“tong yulduzi”) kitobini yozgan (1895). Ibrohimov Yevropa va Osiyo mamlakatlariga bir necha bor sayohat qilgan. Bu sayohatlar natijasida turk va tatar tillarida “olami inson” asari bosilgan (1910-13). 1921 yil muhojirlikka jo’nab ketgan. 1933 yildan Yaponiyada yashagan. Tokiodagi jome masjidi imomi. Turli mamlakatlardagi musulmon jamoalari hayotini o’rgangan, Islom g’oyalarini targ’ib qilgan.