IZOMORFIZM

IZOMORFIZM — turli matematik ob’yektlar bir xil xossalarga ega bo’lishi mumkinligi bilan bog’liq matematik tushuncha. Hozirgi zamon matematikasining analog, model kabi keng tarqalgan tushunchalariga aniqlik kirituvchi termini. Ob’yektlarning tuzilishi (strukturasi) dagi o’xshashlik (nisbat) ni ifodalaydi. Masalan, algebrada maydon Izomorfizmi, halqa Izomorfizmi, gruppa Izomorfizmi qaraladi. Ikkita izomorf to’plam o’zlarining xossalari jihatdan farq qilmaydi. Ikki xil izomorf to’plam biror mavhum matematik tushunchaning turli xil aniq modellari bo’ladi.