IBROHIMOV SOBIRJON
IBROHIMOV SOBIRJON (1905.21.12, Andijon — 1974.22.12, Toshkent) — tilshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), Filologiya fanlari Doktori (1961), professor (1965). Samarqanddagi O’zbekiston Pedagogika akademiyasida o’qigan (1928-29), “qizil O’zbekiston” gazetasining maxsus muxbiri (1929), O’zbekiston davlat nashriyotida adabiy muharrir (1929-33), madaniy qurilish ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim (1933), yangi alifbo va terminologiya qo’mitasida bo’lim mudiri (1934-37), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida ilmiy xodim, bo’lim mudiri (1937-74). Ilmiy tadqiqotlari o’zbek tilining fammatika, dialektologiya, leksikologiya, imlo, orfoepiya kabi sohalariga oid (“Farg’ona shevalarining kasb-hunar leksikasi”, 1-3-kitob, 1956-59; “Bosh harflarni ishlatish qoidalari” 1964; “O’zbek imlosidagi ba’zi qiyin holatlar”, 1970; “adabiy talaffuz madaniyati”, 1972 va boshqalar). Ibrohimov “Ruscha-O’zbekcha lug’at” (1954; 1950-55), “Navoiy asarlari lug’ati” (1972), “O’zbek tilining izohli lug’ati” (1981) va boshqalar tuzishda qatnashgan. As: O’zbek tilining Andijon shevasi, T., 1967; nutq madaniyati va adabiy talaffuz haqida, T., 1972; tilga e’tibor — elga e’tibor, T., 1972.