IBROHIMOV G’ALIMJON GIRFANOVICH
IBROHIMOV G’ALIMJON GIRFANOVICH — [1887.28.2.(12.3), Boshqirdistonning hozirgi Aurgazin tumani — 1938.21.1] — tatar yozuvchisi, olim, jamoat arbobi. Zamonaviy tatar adabiyoti asoschilaridan. Orenburg (1898— 1905) va Ufa (1906-09) madrasalarida o’qigan. “Bizning yo’l”, “maorif” jurnallarida muharrir. Ibrohimovning dastlabki realistik hikoya va qissalari (“Zakiy talabaning madrasadan haydalishi”, 1907; “Tatar ayoli taqdiri”, 1910; “tabiat bolalari”, 1914 va boshqalar) da tatar yoshlarining hayoti va kurashi aks etgan. Uning “Yosh yuraklar” asari (1912) — tatar adabiyotidagi birinchi psixologik roman. “Bizning kunlar” (1920) kitobi 1905— 07 yildagi inqilobiy voqealarga bag’ishlangan. “Teran tomirlar” (1926-28) romanida fuqarolar urushi davri aks etgan. Ibrohimov tatar tilshunosligi va tarixiga oid ilmiy asarlar, darsliklar muallifi (“Tatar grammatikasi”, 1911; “adabiyot nazariyasi”, 1916; “ona tilini o’qitish metodikasi”, 1918 va b.).As.:Teran tomirlar, T., 1961;Qozoqqizi, T., 1964.