IBROHIMOV HOJIMUROD ISROILOVICH

IBROHIMOV HOJIMUROD ISROILOVICH (1935.9.4, Toshkent) — kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi (1983). “O’zbektelefilm” tashkilotchilaridan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1957). O’zbekiston televideniyesida rejissyor yordamchisi, rejissyor (1957-64), bosh rejissyor (1974-79). 1979 yildan O’zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor. Eng yaxshi filmlari: “Jamila”, “Yodgor”, “Hyp qidirib” (ham spektakl, ham film rejissyor), “Tug’ilish” (3 qismli telepostanovka) va boshqalar. Shuningdek, “Oybek”, “cho’l, qo’lingni ber!», “Toshkent, 26 aprel 1966 yil”, “kuyla, Sanobar”, “yagona oilada”, “inson uchun”, “davr mening taqdirimda” (D. Salimov bilan hamkorlikda), “mening O’zbekistonim” kabi hujjatli filmlar yaratgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1976).