IDDA

IDDA, iddat al-mar’a (Arabcha — ma’lum vaqt, ayollar uchun belgilangan muxlat) — shariat bo’yicha eri o’lgan yoki eridan ajrashgan xotinlar boshqa erga chiqishi uchun o’tishi shart bo’lgan muhlat. Bunday ayollarga Idda o’tmaguncha erga chiqish taqiqlangan: beva uchun Idda 4 oy-u 10 kun, eridan ajralishgan ayol uchun 3 oy belgilangan. Muxlatning belgilanishi Qur’onga asoslangan holda shariatga kiritilgan bo’lib, ayolning ajralgan yoki o’lgan eridan homilasi bor yoki yo’qligini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan.