SAARINEN (SAARINEN) ERO

SAARINEN (SAARINEN) ERO (1910.20.8, Rantasalmi, Finlyandiya — 1961.1.7, AQSh) — amerikalik me’mor, Eliel Saarinenning o’g’li. 1923 yildan AQShda yashagan. NyuXeyven (Konnektikut shtati)dagi Yelsk universitetining me’morlik fakultetini tugatgan (1934). Otasining o’limidan so’ng Uorren (Michigan shtati)dagi “Jeneral Motore” Kompaniyasi texnik markazining loyihasini tugatgan (1948— 56, hamkorlikda). Asosiy loyihalari: Kembrijdagi Garvard universiteti kapellasi (1955), Nyu Yorkdagi Kennedi aeroportining TWA kompaniyasiga qarashli aerovokzali (1958) va boshqalar. Saarinenning me’morlik bo’yicha qilgan izlanishlaridagi ramziy obrazlilik 20-asrning 60— 70-yillaridagi AQSh me’morligi rivojiga ta’sir etdi.