Mo’jiza nima?
Mo’jizalar mavzusiga murojaat etganimizda, biz beixtiyor diniy e’tiqod olamiga doxil bo’lamiz. Masalan, biz shunchaki mundoq deyishimiz ham mumkin: mo’jiza — bu, bir qarashda tabiatning ma’lum qonuniyatlariga zid o’laroq ro’y beradigan g’ayritabiiy hodisa. Hattoki hodisa ilohiy kuchlarning to’g’ridan-to’g’ri aralashishi tufayli sodir bo’layotgandek tuyulishi ham mumkin. Diniy aqidalar kuttirmasdan ishga kirishadi va Tangrining irodasiga ko’ra sodir bo’ladi, hech bir narsa tasodifiy emas, hamma narsa faqat uning rizoligi bilan ro’y beradi, deya ishontirishga tutinadi. Bu, bejiz emas. Ya’ni diniy nuqtai nazarga ko’ra mo’jiza — bu, mutlaq Ahl, Tangrining mavjudligini isbotlovchi hodisa. Yangi va ko’hna Ahdlarda bir talay shunday mo’jizalar tavsiflangan. Mo’jizalar barcha zamonlarda va dunyoning hamma go’shalarida sodir bo’lganiga ishora qiluvchi qaydlar mavjud. Xo’sh, nima sodir bo’ladi aslida? Mo’jiza ro’y beradimi yoki yo’q? G’ayritabiiy hodisalarning ahamiyati bormi yoxud yo’q? Din peshvolari mo’jizani tushunish uchun uni unga ishonadiganlar qay tariqa tushunsalar shunday tushunishimiz, unga ilmiy qarash to’g’risida unutishimiz kerak, deyishadi. Boshqacha aytganda, agar olimlar: “Mo’jizalar yo’q aslida” deyishsa — ular ilmiy nuqtai nazardan haqdirlar. Diniy nuqtai nazardan esa mo’jizaga nainki amalga oshgan fakt sifatida, qolaversa unga e’timodi borlarga ta’sir ko’rsatuvchi ajib bir narsaga ishonganday e’tiqod qilish kerak. Ular ba’zi bir “mo’jizalar” ni taqdir alomati deb hisoblaydilar.