YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TO’G’RISIDAGI SHARTNOMA

YADRO QUROLINI TARQATMASLIK TO’G’RISIDAGI SHARTNOMA — xalqaro shartnoma. 1968 yil 1 iyulda AQSh, Buyuk Britaniya, SSSR va boshqalar davlatlar tomonidan imzolangan. Yadro quroliga ega davlatlarga yadro qurolini va uning ustidan nazorat qilishni hech kimga bermaslik, yadro quroliga ega bo’lmagan biron bir davlatga uni ishlab chiqarish yoki uni qo’lga kiritishda yordam bermaslik majburiyatini yuklaydi. Yadrosiz davlatlar yadro qurolini qabul qilmasliklari, shuningdek, uning ustidan nazorat o’rnatmasliklari, yadro qurolini ishlab chiqarmaslik va biron boshqacha yo’l bilan qo’lga kiritmaslik va shu maqsadda hech kimdan yordam olmaslik, shuningdek, o’zlarining barcha yadroviy faoliyati ustidan nazorat o’rnatishni nazarda tutuvchi kafolatlar to’g’risida MAGATE bilan bitim tuzishga majburdirlar. Shartnoma hech bir davlatning tinch maqsadlarda yadro quroli ustida tadqiqotlar olib borishi, uni ishlab chiqarish va foydalanishiga to’sqinlik qilmaydi. 1995 yil 11 aprelda yadro quroliga ega 5 davlat BMT xavfsizlik Kengashining 984-rezolyutsiyasiga muvofiq, yadro qurolini shartnomaga imzo chekkan davlatlarga qarshi qo’llamaslik majburiyatini oldi va 1995 yil 11 mayda shartnoma 178 mamlakat tomonidan cheklanmagan muddatga uzaytirildi.