FON TOG’LARI
FON TOG’LARI – Pomir-Olay sistemasidagi baland tog’lar. Zarafshon va Turkiston tizmalari oralig’ida. Shimoldan Zarafshon vodiysi, g’arbdan Kishtut daryosi vodiysi va sharkdan Fondaryoning chuqur darasimon vodiysi bilan chegaradosh. Eng baland joyi Chimtarg’a tog’i (5489 metr). Fon tog’larida Iskandarko’l bor. O’rtacha balandlikdagi qismlarida o’rmon, o’tloqi dasht landshaftlari asosiy o’rin tutadi. Baland tog’lar Alp va subalp o’tloklari, cho’qqilari doimiy qor va muzliklar bilan qoplangan. Yon bag’rilarida qoya va qurum ko’p. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -10°,-15°; iyulniki 10-15°. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Fon tog’laridan Toshkent— Dushanba avtomobil yo’li o’tgan. Turistlar ko’p keladi.