TIKANLI O’SIMLIKLAR

TIKANLI O’SIMLIKLAR – metamorfoz natijasida ba’zi organlari o’tkir uchli qattiq Hosila, ya’ni tikanga aylangan o’simliklar (Masalan, do’lana, zirk, yovvoyi olma, yovvoyi nok va boshqalar). Tikanli o’simliklar quruq va issiq iqlimli yerlarda ko’p uchraydi. Ko’pincha barg va novdasi tikanga aylanib, suv bug’latuvchi yuzani, ya’ni transpiratsiyani kamaytiradi.