TIMPAN

TIMPAN — me’morlikda peshtoqning uchburchakli tepa qismi. Bino bosh tarziga (deraza va eshik tepasiga) ravoqsimon, uchburchak yoki nayzasimon shaklda ishlangan bezak. Yevropa me’morligida Timpan bo’rtma haykal, tasviriy rasm, nishon ko’rinishida amalga oshirilgan. O’zbekistonda 50— 60 yillarda asosan, madaniyat uylari, maktab va boshqa binolar bosh tarzida Timpandan foydalanilgan.