KANIKUL

KANIKUL (lotincha caniculae — yilning eng issiq davri), ta’til — 1) umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quv yili choraklari orasidagi kuzgi, qishgi, bahorgi va o’quv yillari orasidagi, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlarida semestrlar orasidagi tanaffuslar. O’zbekistonda ularning muddati va davomiyligi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan belgilanadi; 2) ba’zi mamlakatlarda parlament ishida tanaffus.