KRITIK HAJM
KRITIK HAJM – modda (yoki moddalar aralashmasi) ning kritik holatdagi solishtirma hajmi. Har bir modda xususiy Kritik hajmga ega. Moddaning suyuq holatidagi hajmi shu moddaning Kritik hajmidan katta bo’la olmaydi. Chunki temperatura ortishi bilan suyuqlikning hajmi kengayadi, bug’lanish ham ortadi. Bug’ning zichligi ortsa, solishtirma hajmi kamayadi. Natijada, Kritik hajmda suyuqlik eng katta hajmga ega bo’ladi. Kritik holatda moddaning suyuq va gaz fazalarining solishtirma hajmi tenglashadi (ba’zi moddalarning Kritik hajm Vk qiymati kritik nuqta maqolasida berilgan).