KRIOLIT

KRIOLIT (krio… va … lit) — 1) ftoridlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Na,[AlFJ. Monoklin singoniyali, plastinkasimon, rangsiz, qordek oppoq, ba’zan qizg’ish, hatto qora rangda ham uchraydi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 2,5, zichligi 3 gramm/ santimetr kub. O’ta ishqorli magmatik jinslar va ishqorli pegmatit hamda gidrotermal tomirlarda hosil bo’ladi. Dunyoda sanoat ahamiyatga ega bo’lgan yagova koni Grenlandiya Janubiy (Ivigtut)da, shuningdek, bu mineral Kola yarim oroli va Uralda ham uchraydi. Alyuminiy elektrometallurgiyasida va oyna-shisha sanoatida ishlatiladi; ko’pincha sun’iy Kriolitdan foydalaniladi; 2) muz va uning turli ko’rinishlarini kam ishlatiladigan nomi.