KRINISA
KRINISA — Polshadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, Novi-Sonch tog’laridan Janubi-Sharqda, 600 metr balandlikda. Iqlimi mo’tadil nam, qishi yumshoq quyoshli (yanvarning o’rtacha temperaturasi -5°) va yozi mo’tadil iliq (iyulning o’rtacha temperaturasi 17°), yiliga 800 millimetr yog’in yog’adi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balchiq bilan davolanadi. 19-asr o’rtalaridan boshlab kurort sifatida rivojlangan. Dam olish, turizm va tog’chang’i sporti markazi.