KARNE MARSEL
KARNE MARSEL (1909.18.8 — Parij — 1996) — frantsuz kinorejissyori. Psixologik drama “Jenni” (1936) uning birinchi mustaqil filmi. Karnening asosiy ijodiy mavzusi — dunyoning omonat, bekarorligi va insonning adovatli dunyodagi boshpanasiz, yolg’izlik fojiasi bo’lib, bu mavzu “qirg’oqdagi tuman”, “Kechki mijozlar”, “Rayka bolalari”, “Tartib o’rnatish qotillari” kabi filmlarida namoyon bo’ldi. “Juletta yoki tush ko’rishga topilgan kalit”, “Tereza Raken”, “Yolg’onchilar” va boshqa harbiy yillardan keyin suratga olingan eng yaxshi filmlaridir.