KORRESPONDENTSIYA
KORRESPONDENTSIYA (lotincha Correspondeo yoki correspondentia — javob beraman, bildiraman) — publisistik janr. Unda ma’lum davr va o’rindagi aniq ijtimoiy jarayon qamrab olinadi. Korrespondentsiya 2 xil — axborot va tahliliy tarzda bo’ladi. Axborot Korrespondentsiyada, odatda, muallif shaxsan o’zi ko’rgan voqealarni yoritadi, xabarlarni dalillar asosida tahlil etadi, umumlashtiradi, xulosalar chiqaradi. Ta hliliy Korrespondentsiyada ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan dalillar demokratik nuqtai nazardan tahlil etilib, amaliy xulosalar chiqariladi. Korrespondentsiya matbuotda eng keng tarqalgan janrlardan biri.