KORRIDA

KORRIDA (ispancha corrida de toros — buqalarning chopishi) — ispan milliy tomoshasi. 11-asrdan ma’lum. Hozirgi tsirk tomoshasi sifatida 18-asrda shakllangan. 12-14 kishi (Torero)dan iborat guruh qatnashadi. Korrida davomida torerolar buqani yarqiragan lattalar bilan qo’zg’atadi, pikadorlar esa nayzalarni buqaga sanchib g’azablantiradi. Asosiy ijrochisi — Matador (Espada)ning buqa bilan jang o’yini, odatda, hayvonning o’ldirilishi bilan tugallanadi. Ispaniya, Portugaliya, Janubiy Frantsiya, shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlarida keng tarqalgan.