KOTIB
KOTIB (Arabcha — yozuvchi) — 1) turli qo’lyozmalarni ko’chirish ishlari bilan shug’ullanuvchi shaxs; Mirza, xattot; 2) muassasa, idora, tashkilot yoki ayrim shaxs (yirik olim, yozuvchi, davlat arbobi) ning yozishmalarini olib boruvchi xizmatchi; 3) xizmatchi, korxona ishlab chiqarishini olib boruvchi shaxs; 4) Majlis va kengash qarorini yozib boruvchi shaxs; 5) ilmiy muassasalar (ilmiy Kotib), tahririyatlar (mas’ul Kotib) va boshqalarda kundalik ishlarga raqbarlik qiluvchi shaxs.