KONTANGO
KONTANGO, forvardeyshn -birja savdosida qo’llaniladigan narxlar nisbati. Muddati kelishilgan tovarni xarid qilish naqd tovarni xarid qilishdan va uni ma’lum muddat davomida saqlash xarajatlaridan arzon hollarda qo’llaniladi. Bekvordeyshnning aksi. Shuningdek, qarzdor o’z qarzlarini to’lash muddatini kechiktirgani uchun brokerga to’laydigan mukofot (haq) ham Kontango deyiladi.