KONTOKORRENT

KONTOKORRENT (italyancha conto corrente— joriy hisob-kitob), kontokorrent hisob varag’i — 1) muayyan bir mijoz bilan jami operatsiyalar qayd qilinadigan maxsus yagona bank hisob varag’i. Mijozlarning qo’yilmalarini saqlash hamda naqd pulsiz hisob- kitoblarini amalga oshirishga xizmat qiladi, bir paytning o’zida ssuda Schetli joriy hisob varaq va yagona debet-kredit hisob varag’i vazifasini bajaradi; 2) amalga oshirilgan oldi-sotdilar bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o’zlarining doimiy mijozlari bilan o’zaro hisob-kitoblar uchun ochilgan aktiv hisob varaq.