KONGO
KONGO (bakongo) — bantu guruhiga mansub xalq. Zairda (6,6 million kishi), kongoda (1,23 million kishi), Angolada (1,3 million kishi), Uganda va Gabonda yashaydilar. Umumiy soni 9,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Kongo tilida so’zlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — asosan, xristianlar, sinkretik (mushtarak) va an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud. Dehqonchilik, hunarmandchilik, ovchilik bilan shug’ullanadilar.
O‘xshash so‘zlar
- Kongo
- Kongo
- Kongo, Zair
- Kongo Demokratik Respublikasi
- Kongo (Conqo), Kongo demokratik Respublikasi
- KONGRESS
- Kongress kutubxonasi
- KONGRUENTLIK


