KONDENSOR
KONDENSOR (lotincha condenco — quyuqlashtiraman, zichlashtiraman) — yorug’lik manbaidan chiqayotgan yorug’likni yig’ib, yoritilayotgan ob’yekt (narsa) ga yo’naltirib beradigan linza (ko’zgu) yoki linzalar (ko’zgular) tizimi. Linzali, ko’zguli va ko’zgu-linzali turlari bor. Diaskop, mikroskop, kinoproektsion apparatlar, fotokattalashtirish asboblari va boshqa asboblarda ishlatiladi.
O‘xshash so‘zlar
- Kondensator
- Kondensator
- Kondensasiya
- Kondensatsiya
- Kondensatsiya
- Kondensat (quyultirma)
- Kondensatsiya nima degani
- Kondensasion elektr Stantsiya


