KORPUS

KORPUS (harbiy ishda) — turli davlatlarning quruqlikdagi qo’shinlari va boshqa turdagi qurolli kuchlari tarkibidagi oliy taktik yoxud tezkor — taktik birlashma. Korpus bir qator Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiyada 18-asr boshida paydo bo’lgan; qo’shin turlarining bir necha birlashma va qismlari, maxsus qo’shinlar va b.dan tashqil topgan. O’qchi, otliq askarlar, mexanizatsiyalashtirilgan, tank, avia, havo desanti Korpuslari bo’ladi.