KATALEPSIYA
KATALEPSIYA (Yunoncha katalepsis – ushlash, tutish, to’xtash), mumdek qotib turish — normal harakatning buzilishi; bunda muskullar tonusi kuchayib, butun tana yoki qo’l-oyoq qotib qoladi. Bemorni biror vaziyatga qo’yilsa, u shu alpozda uzoq vaqt turaveradi, masalan, ko’tarib qo’yilgan qo’lini to o’zi tushmaguncha tushirmaydi. Katalepsiya isteriya, shizofreniya, entsefalitna uchraydi. Ba’zan gipnoz holatida ham kuzatish mumkin.