KARTVEL TILLARI

KARTVEL TILLARI, iber tillari — Kavkaz (iber-Kavkaz) tillari guruhi. Kartvel tillari tarkibiga gruzin, zan (megrelchan) va Svan tillari kiradi. Kartvel tillari Gruziyada, qisman, Ozarbayjonda, Eronda va Turkiyada tarqalgan. Kartvel tillarida gaplarning ergativ qurilishi barqaror. Lug’at tarkibida yunon, arman, fors, Arab tillaridan o’zlashgan so’zlar bor. Kartvel tillarida so’zlashadigan barcha xalqlar yozma til sifatida gruzin tilidan foydalanishadi.