“KOLUMBIYA”

“KOLUMBIYA” — AQShning ko’p marta uchirishga mo’ljallangan, bortida astronavt-uchuvchisi bo’lgan transport kosmik kemasi. “Speys Shattl” transport kosmik kema majmuasi tarkibiga kiradi. “Kolumbiya”ning birinchi nusxasi 1976 yilda yig’ila boshlangan. “Kolumbiya” birinchi marta 1981 yil 10 aprelda Kanaveral kosmik markazidan uchirilgan. Massasi 2000 tonnagacha, uzunligi 56 metr. Kemaning 1-bosqichi qattiq yoqilg’ili raqsga dvigateli bo’lgan 2 ta tezlatkichdan iborat; 2-(orbital) bosqichi bortida astronavti bo’lgan, qanotli bo’lib, orbitadan chiqqandan so’ng “samolyot” rejimida qo’nish qobiliyatiga ega. “Kolumbiya”ning orbital bosqichlari 1994 yilgacha uchirib turilgan.