KOLONIAL ORGANIZMLAR

KOLONIAL ORGANIZMLAR, koloniya bo’lib yashovchi organizmlar — jinssiz (vegetativ) ko’payishida ona organizmidan ajralib ketmasdan keyingi avlodlari bilan birga qo’shilib, murakkab koloniya hosil qiladigan organizmlar. Kolonial o’simliklarga har xil bir hujayrali suvo’tlar (ko’k-yashil, yashil, tillarang, sariq-yashil, diatom, pirofit va evglenasimonlar) kiradi. Kolonial organizmlar, koloniya hosil qilish usuliga binoan, zoosporali va avtosporali bo’ladi. Kolonial hayvonlarga, asosan, dengiz hayvonlari (umurtqasiz va tuban xordalilar), bir hujayralilar (ba’zi xivchinlilar, radiolyariyalar, info’zoriyalar); umurtqasizlardan ko’pchilik g’ovak tanlilar, bo’shliqichlilar kiradi. Kolonial hayvonlarning bir qismi (mshankalar, gidroidlar, qorall poliplar va boshqalar) suvda o’troq hayot kechiradi. Kolonial organizmlar bir hujayrali organizmlardan ko’p hujayrali organizmlarning paydo bo’lishida oraliq zveno bo’ladi.