FUQAROLIK JAMIYATI

FUQAROLIK JAMIYATI – konstitutsiyaviy huquq nazariyasida huquq va demokratiyaga asoslangan ijtimoiy hayotning zarur oqilona usuli; insonga uning iqgisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, ko’p partiyaviylik, siyosiy intlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi ta’minlanadigan hamda o’zinio’zi boshqarish organlarining mavqei baland bo’lgan ijtimoiy tuzum. Bunda mamlakatning har bir fuqarosi siyosiy, ijtimoiy, iqgisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan o’z ehtiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari, o’zini o’zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, ular orqali qondiradilar. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatadilar, davlatning ko’pgina vakolatlari jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklanadi. Davlat hokimiyati esa mamlakatning umumiy taraqqiyot rejalarini tuzadi, uning strategiyasini ishlab chiqadi, mudofaa, milliy xavfsizlik, davlat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini, uning suverenitetini ta’minlash, pul-moliya, soliq, bank siyosati, tashqi siyosat va jahon hamjamiyati bilan aloqalar tizimini yaratadi, uni boshqaradi. Fuqarolik jamiyatini qurish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma-bosqich o’tish orqali ro’y beradi. Fuqarolik jamiyati haqida ilk tasavvurlar Aristotelning “siyosat” asarida bayon etilgan. Unga ko’ra, insonning erkin yashash huquqi kishilik jamiyatining adolat va qonun ustuvorligi asosida tashkil etilishi orqali ta’minlanishi lozim. Jamiyatni boshqarishda qonunlarning to’g’ri va adolatli bo’lishiga alohida e’tibor beriladi. Bu g’oyalar 17-asrga kelib keng rivojlandi. Jumladan, T.Gobbs asarlarida takomillashtiriddi. 18-asr Buyuk frantsuz inqilobi davrida inson va fuqaro huquklari deklaratsiyasi e’lon qilinishi bilan esa Fuqarolik jamiyati tushunchasi keng tarqala boshladi. Chunki jamiyatning teng huquqli a’zolari — “fuqarolar” tushunchasi paydo bo’ldi, ular jamiyat va davlat manfaatlari bilan bog’langan shaxsiy manfaatlarini anglay boshladilar. Kant, Russo, Gegel, Popper ilgari surgan fikrlar Fuqarolik jamiyatining yangidan-yangi qirralarini, umuminsoniy qadriyat sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Sharqda Fuqarolik jamiyatining o’ziga xos talqini mavjud. Bu, bevosita, axloq, madaniyat va ma’naviyatning huquq bilan uyg’unlashgan, fe’l-atvor, xatti-harakatlar va qoida-me’yorlarning uzviy uyg’unlashgan shakli bilan bog’liq. Jumladan, eng qadimgi madaniy tarixiy-huquqiy yodgorlik — Avestoda kishilarning uyushib yashashi, o’zaro munosabatlar va aloqalarning axloq va me’yorlarga tayanishi kabi g’oyalar ilgari surilgan. Bunda o’zo’zidan jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish, jamiyatni shaxs tomonidan emas, qonun boshqarishi kabi Fuqarolik jamiyatining ilk belgilari namoyon bo’lgan. Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida mamlakatni boshqarishda adolatli qonun zarurligi, faol Fuqarolik jamiyatini shakllantirish mohiyati chuqur tahlil etilgan. Qonunlari mukammal bo’lgan mamlakatda adolat, inson huquqlari ustuvor bo’lishi muqarrar ekanligi bayon qilib berilgan. Forobiyga ko’ra, “shahar (mamlakat) aholisi xushxulqqa ega bo’lmagan taqdirda hokimiyatga ehtiyoj tug’iladi”, jinoyatchilik, bezorilik, qonunbuzarlik qonunlar zaif, aholi axloqiyma’naviy jihatdan barkamol bo’lmagan sharoitda avj oladi. Bunday xalqni tartibga chaqirish uchun kuchli ta’sir o’tkazuvchi hokimiyat kerak bo’ladi. Bu kabi g’oyalar Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalar tomonidan ham ilgari surilgan va amaliyotda keng qo’llanilgan. Uzoq tarixiy rivojlanish natijasida Fuqarolik jamiyatini hozirgi zamonaviy tushunish shakllandi. Unga ko’ra, Fuqarolik Jamiyatida mulkchilik shakllarining xilma-xil va teng bo’lishi, mehnat va tadbirkorlikning erkinligiga yo’l qo’yilishi, mafkuraviy xilma-xillik va axborot erkinligi, inson huquq va erkinliklarining daxlsizligi, rivojlangan o’zini o’zi boshqarish, madaniylashgan huquqiy hokimiyat bo’lishi hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi ta’minlanishi muhim hisoblanadi. O’zbekistonda Fuqarolik Jamiyatini kurish tarixiy an’ana bo’lsada, u butunlay yangi tarixiy sharoitlarda jahon davlatchiligi ilgor tajribalari va ko’p ming yillik milliy an’analarning sintezi sifatida dunyoga kelmokda. Ya’ni erkinlik va axloq, ozodlik va tarbiya, qonunga itoatkorlik va siyosiy huquqiy faollik, Hurriyat va qatiy tartib-intizom uyg’unligida Fuqarolik Jamiyati shakllantirilmoqda.