JUFT CHATISHTIRISH

JUFT CHATISHTIRISH — ota- ona o’simlik o’rtasida bir marta o’tkaziladigan chatishtirish; selektsiya usuli, oddiy chatishtirishning bir xili. Juft chatishtirish yo’li bilan olingan duragaylar populyatsiyasida yangi nusxalar paydo bo’lish jarayoni murtakka bir juft ota-onadan teng miqdorda o’tgan irsiy materiallarning qayta juftlanishi asosida boradi. Resiprok chatishtirish ham Juft chatishtirishning bir xili. Bu usul o’simliklar selektsiyasida keng qo’llaniladi.