KALABRIYA

KALABRIYA — Italiya Janubidagi yarim Orol. Apennin ya.o.ning Janubiy qismi. Ioni va Tirren dengizlari oralig’ida. Uzunligi 250 kilometr chamasida, kengligi 40 dan 100 kilometrgacha. Yer yuzasining katta qismini kalabriya Apennin tog’lari egallagan. Eng baland joyi 2271 metr. Iqlimi o’rta dengiz iqlimi, yanvarning o’rtacha temperaturasi 10°, iyulniki 26°, o’rtacha yillik yog’in 1000 millimetr. Tog’yon bag’irlari makvis chakalakzorlari, qisman, o’rmonlar bilan qoplangan. Sohil qismidagi kambar, sertepa tekislikda dehqonchilik qilinadi. Kalabriya hududi Seysmik faol zona. Yirik shaharlari: Rejo- Di-Kalabriya, Katanadzaro, Kozentsa.