KALTAMINOR KO’LI

KALTAMINOR KO’LI – Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi ko’l. To’rtko’l shahridan 18 kilometr shimoli-Sharqda. Maydoni 600 gektar. O’rtacha chuqurligi 0,7 metr. Kaltaminor kanali suvi va oqova suvlar to’planishidan hosil bo’lgan. Atrofi qum tepalari bilan o’ralgan. Suv sathi o’zgarib turadi. Ko’lda qo’g’a, qamish, sohilida yulg’un, saksovul o’sadi. Bir necha xil baliq bor. Ko’l yonidan neolit davriga oid Kaltaminor madaniyati topilgan.