KANANGA

KANANGA — Kongo demokratik Respublikasidagi shahar, lulua daryosi sohilida. Kasai provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 400 ming kishi chamasida (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Muhim savdo Markazi. Oziq-ovqat, farmasevtika sanoati; paxta tozalash, maishiy Elektrotexnika priborlarini yig’uvchi korxonalar, issiqlik elektr stansiyasi, o’lkashunoslik muzeyi, shahar yaqinida olmos konlari bor.