KAPELLA
KAPELLA — aravakash yulduz turkumining eng ravshan yulduzi. Osmon sferasining shimoliy yarim sharidagi eng yorug’ yulduzlardan biri. Quyoshdan uzoqligi 13,7 parsek. Mutlaq ravshanligi Quyoshdan 150 baravar kuchli. Kapella juda zich qo’shaloq yulduz bo’lgani uchun interferometr yordamida ajratib ko’rish mumkin. O’rtacha kenglikda yil bo’yi ko’rinadi.