KON
KON — yer po’stining ma’lum maydonida tabiiy holda to’plangan va ishlab chiqarilishi iqtisodiy jihatdan foydali bo’lgan qazilma boyliklar (mineral yoki mineral agregatlari). Zahirasi, sifati, ahamiyatiga qarab, kichik, o’rta va katta Konlar bo’ladi. Masalan, temir Konlari zahirasi million tonna bo’lsa kichik Kon, 10 million tonna bo’lsa, o’rta Kon, 100 million tonnadan ortig’i katta Kon hisoblanadi.