KONVEKTOR
KONVEKTOR (lotincha convecto — olib kelaman) — Markaziy isitish tizimidagi isitish asbobi; undan umuman barcha issiqlik konvektsiya yo’li bilan isitiladigan xonaga o’zatiladi. Isitish elementi qovurg’ali truba (ichidan issiq suv yoki suv bug’idan iborat issiqlik eltgich o’tadi) ko’rinishdagi Konvektor va elektr qizdirish elementi bo’lgan Konvektor, kojuxli va kojuxsiz Konvektorlar bor. Konvektor turar joylar, jamoat va sanoat binolarida qo’llaniladi.