KICHIK SAYYORALAR
KICHIK SAYYORALAR – Quyosh sistemasining diametri 1 dan 1000 kilometrgacha bo’lgan jismlari. Barcha Kichik sayyoralarning massalari yig’indisi yer massasining 1/700 bo’lagidan kichik. Ko’pchilik Kichik sayyoralarning orbitalari Mars va Yupiter orbitalari (ya’ni asteroidlar mintaqasi) orasida joylashgan. Eng mashhur Kichik sayyoralar Tserera (№1), Pallada (№2), Vesta (№3), Yunona (№4), Eros, Amur, Gidalgo, Ikar.