KOBULISTON

KOBULISTON — Afg’onistonning shimoliy-Sharqiy qismida, Kobul daryosi havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Markazi — Kobul shahri. Kobuliston Janubi-g’arbda Zobuliston bilan chegaradosh bo’lib, “Shohnoma”da bu 2 viloyat nomi ko’pincha yonma-yon zikr etiladi. Ba’zi geograflar Kobuliston bilan Zobulistonni bir viloyat nomi deb hisoblasalarda, “Shohnoma” hamda Abulfazl Allomiyning “Oyini Akbariy” (“Akbarshoh qonunlari”) asaridagi ma’lumotlar bu fikrni rad etadi.