KLAVIR

KLAVIR (nemischa Klavier — fortepiano), klaviraussug — 1) opera, oratoriya kabi vokal-simfonik asarlar matni (notasi)ning fortepiano jo’rligida kuylashga yoki fortepianoning o’zida ijro etish uchun moslashtirilgan shakli; balet partiturasi, ba’zida simfonik va kamer-cholg’u ansambl asarlarining fortepianoda 1 ta yoki 2 ta pianinochi ijrosiga mo’ljallangan nusxasi; 2) 17-18-asrlarda torli klavishli musiqa cholg’ulari (klavesin, klavikord, fortepiano)ning umumiy nomi.