KLAYPEDA
KLAYPEDA (1923 yilgacha Memel) — Litvadagi shahar, Boltiq dengizidagi muzlamaydigan port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 205,1 ming kishi (2000). Dengizdan baliq ovlash floti bazasi. Kemasozlik va kema to’zatish, to’qimachilik (ip gazlama matolar), tsellyuloza-qog’oz, baliq sanoati korxonalari bor. Qahrabodan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Konservatoriya, drama teatri, o’lkashunoslik, dengiz va soat ishi muzeylari, suratlar galereyasi mavjud. 17-18-asr me’morlik yodgorliklari saqlangan. Klaypedaga 1252 yil Memelburg qal’asi sifatida asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- Klentse (Klenze) Leo fon
- Kleopatra
- KLERIKALIZM
- KLERMON-FERRAN
- Klestil Tomas
- KLETCHATKA
- Kleyn (Klein) Lourens Robert
- Kleyonka




