KATTEGAT

KATTEGAT — Boltiq va shimol dengizlarni bog’lab turuvchi bo’g’ozlardan biri. Yutlandiya yarim orolining Sharqiy sohillari bilan Skandinaviya yarim oroli oralig’ida. Uzunligi 270 kilometr, eni 60-122 kilometr, chuqurligi 17-30 metr, shimol qismida 124 metrgacha. Ba’zan sohilga yaqin qismi muzlaydi. Markaziy qismida 2 ta Orol (Anxolt va Lese) bor. Baliq ovlanadi. Asosiy porti — Gyoteborg (Shvetsiya).