KATTA OPERA

KATTA OPERA — 1) opera janri, 19-asrning 20-yillarida Frantsiyada yuzaga kelgan (L. Ober, “Portichidagi soqov ayol”, 1828 va boshqalar). Ulug’vorligi, qahramonlik va romantik ko’tarinki ruhi, dramatizm, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, bezakdorligi hamda katta orkestr, xor va balet jamoalaridan foydalanishi bilan farqlanadi. Asosan, tarixiy mavzularda yaratilgan. Yirik vakili — J. Meyerber; 2) Parijdagi opera va balet teatrining nomi.