FURE (FOURIER) JAN BATIST JOZEF
FURE (FOURIER) JAN BATIST JOZEF (1768.21.3, Oser 1830.16.5, Parij) — frantsuz matematigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1817). Oserdagi harbiy maktabni tugatgan, o’sha maktabda, keyin Politexnika maktabida o’qituvchi bo’lib ishlagan (1796-98). Dastlabki ilmiy ishlari algebraga doir. Asosiy ilmiy ishlari matematik fizikaga oid. Uning qattiq jismlarda issiqlikning tarqalishi nazariyasi to’g’risidagi ilmiy ishi matematik fizikaning rivojlanishi tarixida alohida o’rin tutgan. “Issiqlikning analitik nazariyasi” asarida u issiqlik o’tkazuvchanlikning differentsial tenglamasini chiqargan va uni yechish usulini tavsiya etgan. Furening o’zgaruvchilarni ajratish usuli keyinchalik S. D. Puasson, M. V. Ostrogradskiy va boshqa olimlar ishlarida rivojlantirildi.